Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL qur’asi tashlandi: Kuchli jamoalar erta to‘qnash kelishadi

YChL qur’asi tashlandi: Kuchli jamoalar erta to‘qnash kelishadi

Foto: «UEFA»

Shveysariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining chorak final va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, nomdor jamoalar — «Real», «Manchester Siti», «Yuventus», «Barselona», «Bavariya» klublari turnir setkasining bir tomoniga tushib qolishdi. Endi ulardan faqat bittasi faqat bittasi finalgacha yetib bora oladi. Turnir setkasining boshqa tomonidan «Leypsig», «Atletiko», «Atalanta» va «PSJ» jamoalari o‘rin olishdi.

Chorak final juftliklari (12-15-avgust):

  1. «Real» / «Manchester Siti» — «Lion» / «Yuventus»
  2. «RB Leypsig» — «Atletiko»
  3. «Napoli» / «Barselona» — «Chelsi» / «Bavariya»
  4. «Atalanta» — «PSJ»

Yarim final juftliklari (18-19-avgust):

  • 1-juftlik g‘olibi — 3-juftlik g‘olibi
  • 2-juftlik g‘olibi — 4-juftlik g‘olibi

Final. 23-avgust

Eslatib o‘tamiz, pandemiya sabab YeChLning 1/4 finalidan boshlab barcha o‘yinlari Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring