Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChLga qur’a tashlandi: «Real Madrid» Qozog‘istonga keladi

YeChLga qur’a tashlandi: «Real Madrid» Qozog‘istonga keladi

Bugun, 28 avgust kuni Monako shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi.

Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatga ajratilgan. Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 tadan o‘yin o‘tkazadi. 

YeChL umumiy bosqichi o‘yinlari 16 sentyabr - 28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning aniq sanalari 30 avgustda ma’lum bo‘ladi.

Musobaqada birinchi marta ishtirok etayotgan Qozog‘istonning «Qayrat» klubi qur’aga ko‘ra o‘z maydonida «Real Madrid», «Bryugge», «Olimpiakos» va «Pafos» bilan o‘ynaydi. Shuningdek safarda «Arsenal», «Inter», «Sporting» va «Kopengagen» klublari bilan kuch sinashadi.

Abduqodir Husanov to‘p tepadigan «Manchester Siti» esa «Borussiya», «Real», «Bayer», «Vilyarreal», «Napoli», «Budyo-Glimt», «Galatasaroy», «Monako» kabi klublar bilan o‘ynaydi.

Quyida YeChLning to‘rtta savatidagi jamoalarni keltirib o‘tamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring