Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekofaollar Messining villasiga zarar yetkazishdi

Ekofaollar Messining villasiga zarar yetkazishdi

Foto: AS

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining Ibitsadagi villasiga ekofaollar bo‘yoq sepib ketishdi, deb xabar berdi AS.

Villaga Futuro Vegetal tashkiloti a’zolari zarar yetkazishgan. Messi zararni qoplash uchun ulardan 50 ming yevro talab qilmoqda.

O‘z navbatida, ekofaollar villa noqonuniy qurilganini aytishmoqda.

Messi villani 2022-yilda 11 mln yevroga sotib olgan. Ko‘chmas mulkni xarid qilgan paytida Messida qurilish ishlari tugagani haqida San-Xose munitsipaliteti beradigan tegishli sertifikat bo‘lmagan. Shu boisdan ham suv va elektr uchun to‘lovni amalga oshirish ham imkonsizga aylanishi mumkin.

Villaning sobiq egasi garajining bir qismini yashirincha yashash hududiga aylantirib olgan, oqibatda tevarak-atrof relefi o‘zgargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring