Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert elektron pochtangizga qo‘yilgan taqiq sababini aytdi

Ekspert elektron pochtangizga qo‘yilgan taqiq sababini aytdi

Illyustrativ foto

Avvalo ta’kidlash kerakki, pochta xizmatlari foydalanuvchining hisobini blokirovka qilish huquqiga ega. Ular buni pochtani buzib kirishga shubha tug‘ilganda, spam-jo‘natmalar yoki davlat organlari va tegishli idoralar iltimosiga ko‘ra amalga oshirishadi.

Sinergiya universitetining Axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarevning Prime axborot agentligiga aytishicha, blokirovkaning sabablariga qarab, undan xalos bo‘lishning turli usullari mavjud.

– Odatda biz Mail.ru va Yandex pochta xizmatlaridan ro‘yxatdan o‘tganimizda, foydalanuvchilar shartnomasiga indamaygina rozilik bildiramiz. Agar siz shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqsangiz, unda pochta xizmatlari foydalanuvchi hisobidagi yozishmalarni o‘chirish yoki bloklash huquqini o‘zida saqlab qolganini bilib olasiz. Shuningdek, pochta xizmatlari sababini ko‘rsatmasdan va foydalanuvchilarga oldindan xabar bermasdan pochta qutilariga kirishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash huquqiga ega, – deydi u.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, blokirovka ko‘pincha pochta xizmatlari shubhali faoliyatni sezgani sababli sodir bo‘ladi. Masalan, pochtaga yangi joydan kirishga urinish, parollarni taxmin qilish. Ikkinchi keng tarqalgan sabab – shaxsiy pochta qutisidan ommaviy jo‘natmalar. Agar murojaat murojaatchilar tomonidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lsa ham spamga tushib qolasiz. Va eng ko‘p uchraydigan uchinchi holat – davlat va boshqa tegishli idoralar talabiga ko‘ra blokirovka qilinishingiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring