Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert O‘zbekiston erkaklar qo‘mitasini tuzishni taklif qildi

Ekspert O‘zbekiston erkaklar qo‘mitasini tuzishni taklif qildi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oila ensiklopediyasi» hamda «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik  matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ishtirok etgan ekspertlardan biri Jamila Shermuhamedova O‘zbekistonda erkaklar ensiklopediyasini yaratish taklifini bergan. 

«Mening takliflarim bor: kelinglar, «Erkaklar ensiklopediyasi»ni yarataylik. Oilada erkakning, otaning o‘rnini ko‘tarmas ekanmiz, u haqda kitoblar yozib, maqomini ulug‘lamas ekanmiz, oila mexanizmidagi ayrim elementlar yaxshi ishlamaydi, ajrimlar soni ortaveradi. Yoshlarga bolaligidan oilada o‘g‘illik burchi, otalik vazifalari, erlik mas’uliyati haqida bilim berish zarur. Bu hayot-mamot masalasi», degan Shermuhamedova.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Ekspert hatto O‘zbekiston Erkaklar qo‘mitasini tuzish taklifi ham jiddiy o‘ylab ko‘rishga arzishini ma’lum qilgan.

Tadbirda shuningdek, qizlar uchun «Qizlar kitobi», kelinlar uchun «Kelinnoma» kabi ensiklopediyalar yaratilgani, hozir yangi tayyorlangan «Ayollar ensiklopediyasi» nashrga topshirilgani, yaqin kunlarda bosmaxonadan chiqishi haqida ma’lumot berildi.

Oldinroq, o‘zbekistonlik deputat Marhabo Qurbonova voyaga yetmagan bolalari bor ayollarni xorijga chiqishi bo‘yicha cheklov o‘rnatishni taklif qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring