«El-yurt umidi» jamg‘armasi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Davron Jalilovich Abdurashidov «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bungacha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.
Shuhrat Narimonovich Daminov «El-yurt umidi» jamg‘armasining ijrochi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar, Markaziy bankda boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, «El-yurt umidi» jamg‘armasi 2025- yil may oyida Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter