E’lon! «ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI» aksiyadorlari diqqatiga!

«ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI» Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar qiladi.
2025 yil 20 iyun kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida (shu jumladan, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz platformasi orqali) “ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2025 yil 20 iyun soat 9:00da boshlanib 10:00da to‘xtatiladi.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish sanasi — 2025 yil «26» may;
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reyestri sanasi — 2025 yil «16» iyun.
YIG‘ILISh KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR:
1) Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2) 2024 yil faoliyat yakunlari bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
3) Kompaniyaning 2024 yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va 2025 yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisobotini eshitish.
4) Kompaniyaning 2024 yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy va xalqaro standartlariga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
5) Kompaniyaning 2025 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy standartlariga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
6) Kompaniyaning 2024 yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
7) 2024 yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
8) Kompaniyaning 2024 yil yakuni hamda 2025 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini, shuningdek o‘tgan yillarning taqsimlanmagan (jamg‘arilgan) foydasini taqsimlash.
9) Kompaniyaning Tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
10) Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash.
11) Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ijro organi tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda ma’qullash.
12) Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan Kompaniyaning www.alskom.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manziliga yoki info@alskom.uz elektron manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (71) 201-11-00.
«ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI» AJ
Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter