Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha vodiy peshqadam

Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha vodiy peshqadam

Foto: «Krasnodar.ru»

4-iyunda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 51607 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 22748  nafarni, 2-bosqich emlanganlar  26521  nafarni, 3-bosqich emlanganlar   2338 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 2295198 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar  1448557  nafarni, 2-bosqichda emlanganlar   840255 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 6386 nafarni tashkil qildi.

4 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Andijon viloyati (6870 doza),

Namangan viloyati (6412 doza),

Toshkent viloyati (5069 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona viloyatida 287723 doza,

Namangan viloyatida 270235 doza,

Andijon viloyatida 262972 doza,

Samarqand viloyatida 216339 dozani tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring