Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi basketbolchilarning ham milliarderi bor

Endi basketbolchilarning ham milliarderi bor

Foto: «Assosiated Press»

Amerikalik mashhur basketbolchi, ikki karra olimpiya chempioni LeBron Jeyms endi milliarder. NBA da o‘ynayotgan basketbolchilardan hali birontasi milliarder bo‘lgan emas.

«Los-Anjeles Leykerz»ning 37 yoshli bastketbolchisi LeBron Jeyms o‘tgan yili 121,2 million dollar daromad qilib, jami pullari 1 milliard dollarga yetdi, deb yozdi «Forbes».

Shu paytgacha faqat afsonaviy Maykl Jordan milliarderga aylangan. Biroq u 1-milliardini 2014-yilda, sportdagi faoliyatini tugatganidan so‘ng 11 yil o‘tib ishlab topgan.

LeBron Jeyms — 4 marta NBA chempioni, AQSh terma jamoasi bilan ikki marta Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring