Endi Xorazm. Viloyatda kuchli shamol tomlarni uchirdi
![Endi Xorazm. Viloyatda kuchli shamol tomlarni uchirdi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_2515279509.jpg)
Xorazm viloyatiga 15-25 m/s. tezlik bilan taxminan soat 17:00larda kuchli shamol oqimi kirib keldi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Buning natijasida korxona, tashkilot va turar joylarning tom qismlarini uchirib, pastga qulash holatlari yuz berdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/24/720__f6OC0kiuzaUV9_M86m_tE40Kx4g3rQCI.jpg)
![](https://xabar.uz/static/uploads/24/720__a8TTOVgguFYB_Jyj6v5qZ_z3MF9b_OSq.jpg)
Ushbu noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Buxoro viloyati kuchli shamoldan jiddiy zarar ko‘rgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter