Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi xorijiy davlatlarda favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

Endi xorijiy davlatlarda favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

3 soat ichida maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga uchib (jo‘nab) ketishi lozim.

Foto: «Darakchi.uz»

Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori (VMQ-206, 18.03.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining @huquqiyaxborot kanali xabar qilmoqda.

  • Qarorda belgilanishicha favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ishlarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining zahira mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
  • Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tartibi belgilab bermoqda.
  • Xususan, xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan taqdirda 3 soat ichida Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash va boshqa vazirlik idoralarning vakillaridan iborat maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga uchib (jo‘nab) ketishi lozim.
  • Shuningdek, nizomda har bir tashkilotning favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari belgilab berilmoqda.
  • Masalan, endilikda mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishi lozim.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring