Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi chet el fuqarolarini O‘zbekistonga «my.gov.uz» orqali taklif qilish mumkin

Endi chet el fuqarolarini O‘zbekistonga «my.gov.uz» orqali taklif qilish mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.

Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.

So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.

Bunda undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.

Ma’lumotlar tekshirilgach, so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.

Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi.

Shunga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.

Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring