Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda yo‘l chiziqlarini bosish radarlar tomonidan qayd etilmaydi

Endilikda yo‘l chiziqlarini bosish radarlar tomonidan qayd etilmaydi

Foto: Xabar.uz

1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosish radarlar tomonidan qayd etilmaydi

Prezidentimiz topshirig‘iga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtash chizig‘i – "stop-liniya" (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno. 

Ya’ni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring