Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng arzon dori qaysi dorixonada? «Ekspert fikri»da navbatdagi videointervyu

«Xabar.uz» sayti O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki — IT-Park bilan hamkorlikda yangi videoloyiha — «Ekspert fikri» dasturini yo‘lga qo‘ygan edi.

Ko‘rsatuvning dastlabki sonida «Altmed» startap-loyihasi haqida so‘z yuritilgandi.

Videoloyihaning bugungi sonida «ArzonApteka» vakili Nigora Oqilova bilan suhbatlashamiz.

Dori vositalarni doimiy qabul qiluvchi bemorlar, pensionerlar, uzoq muddat davolanish muolajalarini olib boruvchi shaxslar, umuman, har birimizni qaysi dorixonada kerakli dorilar borligi va qay birida u arzonroq ekani qiziqtiradi.

Dorilarning narxlari esa bir hududda joylashgan dorixonalarda ham bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Unda nima qilish kerak? Birma-bir dorixonalarni aylanib chiqish kerakmi?

— Shu jihatdan aholiga qulaylik yaratish maqsadida «ArzonApteka» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Bu loyiha ayni kunda boshlang‘ich startap emas, balki keng masshtabda xizmat ko‘rsatayotgan tizimdir. Bizga bir kunda 15 ming murojaat kelib tushadi. Toshkentdagi call-markaz, telegram-bot va mobil ilovamiz orqali aholi kerakli dori vositasi qaysi dorixonada borligini, manzili (lokatsiyasi)ni, narxini bilib oladi. Topilishi qiyin bo‘lgan va kamyob dorilarni topishda ham bizning tizimdan keng foydalanishadi, — deydi Nigora Oqilova.    

Loyiha allaqachon muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, uning mualliflari nega IT-Park ko‘magiga tayanishmoqchi?Ular yana qanday qulayliklar yaratish niyatida? Bunga ekspert fikri qanday? Nega hindistonlik ekspert qonunchilikka o‘zgartirish kiritish kerak deb hisoblaydi?

Bu haqda videointervyuda batafsil tanishasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring