«Eng kitobxon» hududlar aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi viloyatlari aholisi ko‘proq kitob sotib olayotgani haqida ma’lumot berildi.
Davlat soliq qo‘mitasi bergan ma’lumtga ko‘ra, aholi tomonidan onlayn nazorat kassa texnikasi orqali 2022-yil yanvar-avgust oylarida 111,7 mlrd so‘mlik kitob sotib olingan.
Ushbu davr mobaynida 5 708 ta kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi sub’yektning 15,3 ming savdo shoxobchalari orqali 980,6 ming marta kitob mahsulotlari realizatsiya qilingan.
Eng ko‘p kitob xarid qilingan hududlar esa:
- Toshkent shahri – 58,9 mlrd so‘m
- Andijon viloyati – 14,8 mlrd so‘m
- Toshkent viloyati – 12,5 mlrd so‘m
- Navoiy viloyati – 6,8 mlrd so‘m
- Samarqand viloyati – 4,1 mlrd so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter