Eng tez mobil internetga ega shahar va mamlakatlar (Speedtest Global Index)
![Eng tez mobil internetga ega shahar va mamlakatlar (Speedtest Global Index)](http://static.xabar.uz/crop/1/3/720_460_95_1352690744.jpg)
Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari va shaharlari, Speedtest Global Indexga ko‘ra, dunyoda eng tez mobil internetdan foydalanmoqda.
Eng yaxshi mobil internetga ega shaharlar:
- Ar-Rayyan (Qatar) — 417,17 Mbit/s;
- Dubay (BAA) — 336,57 Mbit/s;
- Abu-Dabi (BAA) — 296,03 Mbit/s.
Top-10 ga kirgan shaharlar: Lissabon, Doha, Kopengagen, Ar-Riyod, Oslo, Shanxay, Pekin.
Kuba poytaxti Gavana reytingda so‘nggi 178-o‘rinda qayd etildi. Gavanaliklar 4,6 megabit/soniya tezlikdagi mobil internetdan foydalanishmoqda.
Eng yaxshi mobil internetga ega mamlakatlar:
- Qatar — 286,42 Mbit/s;
- BAA — 284,21 Mbit/s;
- Quvayt — 216,96 Mbit/s.
Top-10 ga kirgan mamlakatlar: Janubiy Koreya, Daniya, Xitoy, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni.
Sharqiy Timor 3,34 Mbit/s tezlikdagi internet bilan reytingning quyi qatoridan joy oldi (155-o‘rin).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter