Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati tashkil etildi

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati tashkil etildi

© Google

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF–233-sonli Farmoni 2025 yil 26 noyabrda qabul qilindi.

Ushbu Farmonga muvofiq, mamlakatda IT sohasini jadal rivojlantirish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh ekotizimni shakllantirish asosiy maqsadlardan etib belgilandi. Shuningdek, raqamli yechimlar va innovatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or mahalliy kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, malakali mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish vazifalari belgilandi.

Farmonga ko‘ra, “Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi.

Markaz hududida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
 • dasturiy mahsulotlar yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish;
  • raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish, jumladan biznes jarayonlar autsorsingi (BPO);
 • video o‘yinlar (GameDev) yaratish, ular uchun grafik, video va audiokontent ishlab chiqish va tahrirlash;
  • sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish.

Shu bilan birga, Markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplari yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring