Erdo‘g‘on: «Yevropani og‘ir qish kutmoqda»

«Yevropani og‘ir qish kutmoqda, Rossiya gazi yetkazilishining qisqarishi — prezident Putinning o‘z mamlakatiga qo‘llangan sanksiyalarga javobi». Kecha Anqaradan Sarayevoga uchib ketish oldidan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shunday bayonot berdi.
Erdo‘g‘on dediki: «Yevropaning janob Putinga munosabati, shuningdek, qo‘llagan sanksiyalari javob reaksiyasini keltirdi. Rossiya yetakchisi salomga yarasha alik-berdi — agar siz nima qilsangiz, men ham shunday qilaman».
«Putin o‘z ixtiyoridagi barcha qurol va dastaklarni ishga solyapti. Tabiiy gaz — eng asosiy dastagi. Bunday bo‘lishini istamagandik, afsuski, qozonda bori cho‘michga chiqadi», — dedi Turkiya prezidenti.
Yevropa murakkab qish ostonasida turganini ta’kidlagan Erdo‘g‘on Turkiyada gaz masalasida muammo bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter