Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Putin bilan geosiyosiy masalalarni muhokama qildi

Erdo‘g‘on Putin bilan geosiyosiy masalalarni muhokama qildi

Kecha, 11 dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Ukrainadagi urushni tezroq tugatishga va Suriyadagi kurdlar muammosini hal qilishga chaqirdi.

Muzokaralar chog‘ida Turkiya-Rossiya munosabatlari, xususan, energetika, shuningdek, mintaqaviy muammolar, jumladan, don yo‘lagi va terrorizmga qarshi kurash muhokama qilindi, deya xabar beradi Kreml matbuot xizmati.

Rossiya axborot agentliklari tarqatgan xabarga ko‘ra, Putin Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini muhtoj mamlakatlarga yetkazib berishdagi to‘siqlarni olib tashlashni talab qilmoqda.

«Anadolu» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Erdog‘an mushtarak sa’y-harakatlar bilan hozirdanoq 13 million tonnadan ortiq g‘alla muhtojlarga yetkazib berilganini aytdi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘alla yo‘lagi doirasida boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va bosqichma-bosqich boshqa tovarlarni eksport qilish bo‘yicha ishlarni boshlash mumkin.

«Suhbat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘on Rossiya-Ukraina urushi imkon qadar tezroq yakunlanishini chin dildan istashini bildirdi», — deya Turkiya rahbari matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.

Shuningdek, Erdo‘g‘on Putinga 2019 yildagi Sochi kelishuviga ko‘ra, Turkiya-Suriya chegarasini mamlakatda taqiqlangan PKK otryadlaridan kamida 30 km chuqurlikdagi «tozalash» mutlaqo zarurligini aytdi. AFP xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘on Suriya mojarosining asosiy ishtirokchisi bo‘lgan Rossiyani ushbu kelishuv bandlariga rioya qilmaslikda ayblamoqda.

Kreml matbuot xizmati ikki davlat mudofaa va tashqi ishlar vazirliklari «bu masala bo‘yicha yaqin aloqalarni davom ettirishini» aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring