Erdo‘g‘on Rossiyadagi voqealarga o‘z munosabatini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Unda Turkiya rahbari Rossiyadagi so‘nggi voqealardan hech kim manfaat ko‘rmasligini aytgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Erdo‘g‘onning idorasi Turkiya prezidenti Putin bilan muzokaralar doirasida Rossiyadagi so‘nggi voqealarni muhokama qilganini ta’kidladi. Erdo‘g‘on sog‘lom fikr bilan harakat qilish kerakligi haqida gapirgan va «Rossiyadagi voqealardan hech kim manfaat ko‘rmasligi»ni ham ta’kidladi. Shuningdek, turk lideri Putinni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Nashrning qayd etishicha, Erdo‘g‘on Turkiya tomoni mavjud vaziyatni tartibga solish uchun yordam berishga tayyorligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter