Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQSh harbiy ob’yektlariga zarba rejasini ma’lum qildi

Eron AQSh harbiy ob’yektlariga zarba rejasini ma’lum qildi

Foto: publika.ua

Eron harbiylari Bag‘dodda general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga javoban AQSh harbiy ob’yektlariga zarba tayyorlamoqda. Bu haqda 5-yanvar kuni CNN telekanalida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyning harbiy maslahatchisi ma’lum qildi.

«Javob (Erondan), shubhasiz, harbiy ko‘rinishda bo‘ladi», — dedi Eron rahbarining maslahatchisi. — «U harbiy inshootlarga qarshi qaratilgan bo‘ladi».

Avval xabar berilganidek, 3-yanvarga o‘tar kechasi AQSh kuchlari Bag‘dod aeroportiga raketa zarbasi berdi. Ushbu zarba natijasida eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas