Eron Ozarbayjonga norozilik notasini yubordi

Kecha, 1 aprel kuni Eronning Bokudagi elchixonasi ayrim Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarining «haqoratli harakatlari» munosabati bilan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi.
Notada rasmiy Tehron «Ozarbayjon Respublikasining ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan behayo va haqoratomuz harakatlarni davom ettirishni» to‘xtatishga chaqirgan.
Bundan tashqari, elchixona ikki davlat o‘rtasidagi kelajakdagi munosabatlar uchun OAVdagi bu axloqsizlikning davom etishi salbiy va zararli oqibatlariga olib kelishindan ogohlantirgan.
Shuningdek, Tehron Bokudan tovon to‘lashni talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter