Eron va AQSh muzokaralarni bir haftadan so‘ng davom ettiradi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Stiven Uitkoff muzokaralarni bir haftadan so‘ng davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabarida aytiladi.
Bugun ikki tomon O‘mon vositachiligida muzokaralar o‘tkazdi. Unda Aroqchi va Uitkoff O‘mon TIV rahbari orqali Eronning tinchlik maqsadlaridagi yadroviy dasturi hamda mamlakatdan sanksiyalarni olib tashlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z hukumatlarining pozitsiyalarini ma’lum qilishgan. Bu haqda Eron TIV bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv konstruktiv muhitda o‘tib, muzokaralar 2,5 soatdan ortiq davom etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter