Eronda bir ayol 6 nafar farzand ko‘rdi

Eronning Tabriz shahrida bir ayol 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Tabriz shahridagi «az-Zahro» tibbiyot markazining rasmiy veb-saytida yozilishicha, ilk bor onalik sharafiga muyassar bo‘lgan 23 yoshli ayol 4 qiz, 2 o‘g‘il ko‘rgan. Onaning ismi aytilmagan.
Egizaklar 27 haftalik bo‘lib tug‘ilgani, sog‘liqlari yaxshi ekani ma’lum qilindi.
Kesarcha kesish orqali tug‘ilgan chaqalaqlarning vazni 580–960 gramm ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter