Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda Mossadga josuslikda ayblangan shaxs qatl qilindi

Eronda Mossadga josuslikda ayblangan shaxs qatl qilindi

Eronda Isroil razvedka agentligi – Mossadga josuslikda ayblangan Muhammad Emin Mehdevi Shayestehga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi.

Tasnim axborot agentligi sud hokimiyatining ish yuzasidan yozma bayonotini e’lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, Eron Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan hukm ertalabki soatlarda amalga oshirilgan.

Mehdevi Shayesteh taxminan ikki yil oldin hibsga olingan edi. U Londondan efirga uzatiladigan Eronning muxolifatdagi Iran International telekanali bilan hamkorlik qilish, shuningdek, Mossad bilan aloqador kiberguruhga rahbarlik qilishda ayblangan.

Manba: aa.com.tr

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring