Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda suv kamligidan GES ishlashdan to‘xtadi

Eronda suv kamligidan GES ishlashdan to‘xtadi

Foto: Unsplash.com

Eron janubi g‘arbidagi Xuziston ostonida joylashgan GES energobloklari Kerxe daryosi suvi kamayib ketgani sababli to‘xtatildi. Bu haqda GES direktori Amir Mahmudiyga asoslanib IRIB xabar berdi.

Direktorning aytishicha, suv omborining suv sathi 180 metrgacha pasaygan — bu to‘g‘on ishlashi uchun zarur minimumdan 40 metr past.

Fars agentligining 8-noyabrdagi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatdagi 19 ta suv ombori butunlay qurish arafasida. Ularning qoldiq hajmi loyiha hajmining 5 foizidan ham pasayib ketgan.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 11-noyabr kuni parlamentdagi chiqishida mamlakatdagi yog‘ingarchilik miqdori shu davr uchun xos me’yorning atigi 3 foizini tashkil etganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring