Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronga «so‘nggi imkoniyat» berilishi aytilmoqda

Eronga «so‘nggi imkoniyat» berilishi aytilmoqda

Foto: Arsax

Amerika rasmiylariga ko‘ra, AQSh Isroilning Eron bilan urushiga qo‘shilmaydi, bu haqda CBS telekompaniyasi xabar berdi.

CBS suhbatdoshlari aytishicha, Donald Trampning «katta yettilik» sammitidan shoshilinch qaytib, Milliy xavfsizlik kengashini chaqirishi AQShning Eronga zarbalar berishga qo‘shilishini anglatmaydi.

Isroilning Jerusalem Post gazetasi nomlari sir tutilgan yevropalik va amerikalik rasmiy shaxslarga asoslanib yozishicha, Tramp Eronga uranni boyitishdan (va yadroviy qurolga ega bo‘lishga urinishdan) voz kechish bo‘yicha bitimni imzolash uchun «so‘nggi imkoniyat»ni taklif qilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring