Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski namunadagi kupyuralar bo‘yicha izoh berildi

Eski namunadagi kupyuralar bo‘yicha izoh berildi

Foto:«Xabar.uz»

Markaziy bank avvalroq yangi namunadagi 100 ming va 50 ming so‘mlik pullar shu yilning 22 dekabridan muomalaga chiqarilishini ma’lum qilgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, eski namunadagi 100 ming va 50 ming so‘mlik ham ishlatilaveradi, ya’ni 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring