Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti amerikalik va Maduroning og‘ufurush ikki qarindoshi ayirboshlandi

Yetti amerikalik va Maduroning og‘ufurush ikki qarindoshi ayirboshlandi

Foto: Reuters

Venesuela yetti nafar amerikalikni Maduroning ikki qarindoshi bilan ayirboshladi. Reuters yozishicha, Citgo Petroleum neft kompaniyasining besh rahbari AQShga qaytarildi. Venesuela ularni 2017-yilda hibsga olib, «o‘zlashtirish, pul yuvish va fitna» kabi ayblovlar bilan 13 yilga qamagandi.

Shuningdek, 2020-yildan buyon tutqunlikda saqlanayotgan, terrorchilikda ayblanayotgan dengiz piyodalari veterani Metyu Hit hamda 2022-yil yanvarida qo‘lga olingan floridalik Osman Xon ozod etilgan.

Evaziga AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning 2017-yilda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanish aybi qo‘yilib, 18 yilga qamalgan ikki qarindoshini Venesuelaga topshirdi.

Bayden administratsiyasidagi amaldorlardan birining aytishicha, ayirboshlash «AQSh va Venesuela o‘rtasidagi» uchinchi mamlakat aeroportida amalga oshirilgan. Aynan qaysi mamlakat — noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring