Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Etti nafar sudya koronavirus oqibatida vafot etgan — Tursunali Akbarov

Etti nafar sudya koronavirus oqibatida vafot etgan — Tursunali Akbarov

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingdan muhim ma’lumotlar quyida keltiramiz:

- 2020-yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Ya’ni, 3 nafar sudya boshqa ishga o‘tgan, sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 12 nafari chetlatildi (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra yana 5 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan. Yana yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgani bois vakolati muddatidan avval tugatildi.

- 2021-yilning o‘tgan ikki oyida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berildi, bir nafar sudya vazifasidan ozod qilindi. Shu kunlarda kunlarda yana uch nafar sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

- Sudyalar oliy kengashi 2020-yilda 835 nafar nomzodni sudyalikning navbatdagi vakolat muddatiga, muddatsiz davrga va vakolat muddati davriga qayta tayinlash masalalari ko‘rib chiqdi. Shundan 126 nafar nomzod sudyalikning keyingi muddatidagi tayinlashga nomunosib deb topildi. 72 nafari zaxiraga koldirildi, 41 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etildi.

- O‘tgan yili ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun ochiq tanlovda 172 nafar nomzod ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi, 34 nafari zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, qolganlarga ishonch bildirilgan.

- Joriy yilning o‘tgan ikki oyida birinchi besh yil muddatga sudyalik lavozimlari uchun taklif etilgan 30 nafar nomzodning 3 nafari nomunosib deb topilgan bo‘lsa, 7 nafari zaharida qoldirildi, 20 nafariga ishonch bildirildi.

Shuningdek, o‘tgan ikki oyi davomida navbatdagi vakolat muddatiga va boshka sudyalik lavozimlari bo‘yicha qayta tayinlash masalasida 111 nafar nomzod ko‘rib chiqildi. Shundan bir nafari nomunosib, 5 nafari zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, yana 5 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring