Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa bo‘ylab tarqalayotgan koronavirusning «kraken» shtammi o‘ta yuqumli hisoblanadi

Yevropa bo‘ylab tarqalayotgan koronavirusning «kraken» shtammi o‘ta yuqumli hisoblanadi

Koronavirusning XBB.1.5 omikron shtammi yangi subvarianti yoki «kraken» pandemiya tarixidagi eng yuqumli variant hisoblanadi. Bu haqda Komil Hafizov – Rossiya Markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti genomik tadqiqotlar laboratoriyasi rahbari ma’lum qildi.

Mutaxassisga ko‘ra, yangi shtamm boshqalariga qaraganda 140 foizga yuqumliroq hisoblanadi. Bu xonadagi bir kishining «kraken» bilan kasallanishi, qolgan barchani ham ushbu virus bilan zararlandi deganidir.

U ilk bora AQShda aniqlangan, shundan beri butun Yevropa bo‘ylab tarqalmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yangi shtamm ancha yuqumli, ammo undan tuzalish yengil kechadi.

Rossiyada koronavirusning mazkur yangi turi bilan kasallanish birinchi holati Penza viloyatida qayd etildi. 

Koronavirusning yangi turi – «kraken» haqida nimalarni bilish kerak:

  • tana harorati taxminan 38 daraja, umuman yo‘q bo‘lishi ham mumkin;
  • burun oqishi, aksa urish;
  • tomoq og‘rig‘i va yo‘tal;
  • umumiy zaiflik, tanadagi og‘riqlar;
  • ishtaha pasayadi, diareya paydo bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar virusni yuqtirmaslik uchun qo‘llarni muntazam yuvish, ijtimoiy masofani saqlash hamda odamlar gavjum joylarda niqob taqish kerakligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «SES» axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi yo‘qligini, agar kuzatilsa, bu rasman e’lon qilinishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring