Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Toyvo Klaar tayinladi.

Bugun, 11-sentyabr kuni Yevroittifoq elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning ta’kidlashicha, mamlakat Hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qo‘shish tarafdori.

«Bugungi uchrashuvimiz kun tartibidan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash va dolzarb global masalalar o‘rin oldi.

Ishonchimiz komilki, janob Elchining tajribasi va mintaqamiz bo‘yicha keng bilimi uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi samarali bo‘lishiga xizmat qiladi», – deydi Saidov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring