Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga qarshi keskin chora ko‘rmoqchi. Sabab?

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga qarshi keskin chora ko‘rmoqchi. Sabab?

Foto: Google.

Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi vakolatxonasi rahbari Pavel Gerchinskiy «vaziyat yomonlashsa» mamlakat bilan vizasiz rejim to‘xtatilishi mumkinligini istisno etmadi

- So‘nggi oylarda bizda Gruziya va YeI o‘rtasidagi jarlikni kengaytirgan bir qancha jarayonlar bo‘ldi, agar vaziyat yomonlashsa, albatta, biz turli elementlardan foydalanishga tayyormiz va vizasiz rejim vaqtinchalik to‘xtatiladi, - dedi Gerchinskiy juma kuni jurnalistlarga.

Uning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi Gruziyadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib boradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI saylov kampaniyasi tinch va zo‘ravonliksiz o‘tishiga, oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishiga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, Gerchinskiy, agar saylovlar adolatli va erkin deb tan olinmasa, «afsuski, biz YeI boshqa davlatlarga nisbatan ilgari qo‘llagan choralarni, shu jumladan Belarusga qarshi ko‘rilgan choralarni ko‘rishga majbur bo‘lamiz», deb qo‘shimcha qildi.

Yevropa Ittifoqi elchisi tuzilma Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaganini va bu davlatga qarshi turli choralar, jumladan, sanksiyalar qo‘llaganini eslatdi.

«Bu eng yomon ssenariy, umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi va 26 oktabr kuni Gruziyada bo‘lib o‘tadigan saylovlar erkin, adolatli va tinch o‘tishiga chin dildan umid qilaman va biz hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Biz erkin va adolatli saylovlarning har qanday natijasini hurmat qilamiz», dedi u.

Gruziyada parlament saylovlari 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz,  xorijiy agentlar haqidagi qonun,  LGBT targ‘ibotining taqiqlanishi G‘arbning noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring