Evropa ligasi: Mehmonlarga atalgan birinchi oqshom
Yevropa ligasining pley-off (1/16 final) bosqichi dastlabki uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Istanbulda «Nottingem Forest»ni qabul qilgan «Fenerbahche» 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi. «Seltik» ham o‘z maydonida «Shtutgart» (Germaniya)ga yirik hisobdagi g‘alabani «tortiq qildi» — 1:4. Umuman olganda, o‘yinlarning ko‘pida mehmonlarning qo‘li baland keldi. Kechaning yagona durangi Gretsiyada qayd etildi — «Panatinaikos» va «Viktoriya Plzen» murosa ko‘chasini tanladi (2:2). Birgina «Ludogorets» o‘z maydonida muxlislarini mamnun eta oldi.
Fenerbahche — Nottingem Forest 0:3
Gollar: Murillo 21, Jezus 43, Gibbs-Uayt 50.
Brann — Bolonya 0:1
Gol: Kastro 9.
PAOK — Cyelta 1:2
Gollar: Jeremejeff 77 — Aspas 34, Svedberg 43.
Dinamo Zagreb — Genk 1:3
Gollar: Beljo 44 — Heynen 15, El Ouahdi 21, 90.
Seltik — Shtutgart 1:4
Gollar: Nygren 21 — Hannouss 15, 28, Leveling 57, Tomas 90+3.
Lill — Srvena Zvezda 0:1
Gol: Uchenna 45+1.
Ludogorets — Ferensvarosh 2:1
Gollar: Dua 24, Son 67 — Dele 27.
Javob uchrashuvlari 26-fevralda bo‘lib o‘tadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter