Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi eng ifloslangan dengiz aniqlandi

Yevropadagi eng ifloslangan dengiz aniqlandi

Foto: «Unian»

Fransiya dengizlar ekspluatatsiyasi tadqiqot instituti (Ifremer) xabariga ko‘ra, O‘rta Yer dengizi Yevropadagi eng ifloslangan joy deb topildi. Bu haqda «BFM TV» xabar berdi.

Institutning ma’lum qilishicha, 1994—2017-yillar davomida katta tadqiqot olib borilib, unda dengizdagi chiqindi miqdori so‘nggi o‘n yil ichida yildan-yilga ko‘paygani o‘rganilgan. Chiqindilarning qariyb 60 foizi — plastik buyumlar. Xabarda keltirilishicha, chiqindi uyumi qirg‘oqlar, dengiz tubi va yuzasini qoplab olgan.

Fransiyaning ekologiya masalalari bo‘yicha davlat kotibi Braun Puarson 5-avgust kuni plyajlarda plastik chiqindilarga qarshi kurashish xartiyasini taqdim etdi. Hujjat jami 15 ta majburiyat, jumladan, saralash bunkerlarini o‘rnatish hamda bir martalik plastik buyumlarni ishlatishni taqiqlash zarurligini ko‘zlaydi.

Bush-dyu-Ron fransuz departamentida Marsel shahri plyajlari bo‘ylab chiqindilarni saralovchi o‘nlab punktlarni tashkil etdi. Marselning 21 ta plyajidan olinadigan 10 tonna chiqindidan 3 tonnasi ayni vaqtda saralash bunkerlariga joylanadi.

Ma’lumot uchun: Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, Fransiya har yili qariyb 10000 tonna plastikni O‘rta Yer dengiziga chiqarib tashlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring