Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning «bekorchi» mamlakatlari

Yevropaning «bekorchi» mamlakatlari

Gretsiya (12,7 foiz) va Ispaniya (13,3 foiz)da Yevropadagi eng yuqori ishchisizlik darajasi qayd etildi.

Ushbu mamlakatlarni Yevropa ittifoqining eng asosiy «bekorchilari» deb atashdi. Ta’kidlanishicha, Gretsiyada hozir sayyohlik mavsumi avjida, biroq ishlaydigan odam yetishmaydi. Holat aksariyat greklar kasblarini o‘zgartirayotgani bilan izohlanmoqda. Qolaversa, mamlakatdagi maoshlar yoshlarni qanoatlantirmayapti, ularning ko‘pchiligi o‘z kelajagini Gretsiya bilan bog‘lash niyatida emas.

«Ikkita yoz behuda o‘tib ketdi. Pandemiya turizm bilan band odamlarni uyg‘otdi, endi ular boshqa kasblar bilan shug‘ullanishmoqda. Kafe yoki mehmonxonalarda ishlash istagidagilar bir necha baravarga kamaydi», — dedi Korfu orolida yashovchilardan biri.

Gretsiyaliklar nafaqat maoshlarning ozligi, balki turmush kechirishning qimmatlashib ketganidan ham norozi. Mamlakatda elektr, gaz, benzin va mahsulotlar narxlari oshmoqda.

Ispaniyada esa yuqori malakali mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlari muammo. Greklardan farqi, ispanlar baxt qidirib xorijga ketishga shoshilishmayapti, ichki migratsiya tezlashgan: mamlakat janubida yashovchilar shimolga, shimolda yashovchilar janubga intilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring