«Facebook» eng katta sirini ochadi
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i yangi opsiyani ishga tushirmoqchi. Uning yordamida algoritmlar yangiliklar tasmasida nimani ko‘rsatishni qanday aniqlashini bilib olish mumkin, deb yozmoqda «The Verge».
Buning uchun «Pochemu ya viju etot post?» («Nega men bu postni ko‘ryapman?» tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng foydalanuvchi uning yangiliklar tasmasida xabarning paydo bo‘lishiga aynan nima sabab bo‘lganini ko‘radi. Ayrim foydalanuvchilar bu opsiyani ishlatib ham ko‘rishdi, biroq u 2 maydan to‘liq ishga tushadi.
«Pochemu ya viju etot post?» («Nega men bu postni ko‘ryapman?» tugmasi yangiliklar tasmasi har bir xabarining o‘ng yuqori burchagida joylashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter