Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

«Qishloq qurilish invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali direktori Isaqov Xojiqo‘zijon Qosimjonovich Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi.
Xojiqo‘zijon Isaqov Qo‘shtepa tumanida 1985-yilda tug‘ilgan. 2009-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dilshod Xojiahmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter