Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Farg‘ona vodiysida elektr uzilishlari kuzatiladi

Bugun Farg‘ona vodiysida elektr uzilishlari kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun Farg‘ona vodiysi viloyatlarida elektr uzatishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lumot berdi. 

«Bahor mavsumida vodiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan»,—deyiladi xabarda.

Xususan, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring