Farg‘onada 1,1 trln so‘mlik «bankrotlik» fosh etildi
Farg‘ona viloyatida soxta bankrotlik holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «T.» xususiy korxonasi mas’ul shaxslari kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarmaslikni ko‘zlab, korxonani qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelib, to‘lov intizomini buzgan holda muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini belgilangan muddatlarda undirish choralarini ko‘rmasdan, sotuvdan tushgan pullarni bankka topshirmasdan 1,1 trln so‘mni go‘yoki ish haqi uchun korxonaning hisob-raqamidan yechib olishlari orqali qasddan bankrotlikka olib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter