Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 50 ming dollarga yer sotgan rahbar qo‘lga olindi

Farg‘onada 50 ming dollarga yer sotgan rahbar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Farg‘ona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro B.S. “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N.ning ishonchiga kirib, tadbirkorga Bag‘dod tumani Guliston massivida yangi qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, go‘yoki yer maydonining kadastr hujjatlari tayyor bo‘lganligini, uning nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 000 AQSh dollari kerakligini aytib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring