Farg‘onada 90 yoshli ayolga uy talashish ortidan jarohat yetkazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida 90 yoshli onaxon nevarasi tomonidan kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 iyul kuni Qo‘qon shahar, A.Donish ko‘chasi 1 uyda o‘zaro mulkiy nizo tufayli qarindoshlar L.T. va G.T. (ayollar) o‘zaro janjallashib ketishgan. Mazkur janjalga ushbu xonadonda yashovchi M.T (suratdagi keksa ayol) ham aralashib, ularni ajratmoqchi bo‘lgan.
Aniqlanishicha, M.T.ni janjal vaqtida biror bir shaxs urib tan jarohati yetkazganligi holati yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.
Hozirda janjal ishtirokchilari L.T., G.T., M.T. va boshqalarning badanidagi tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va Qo‘qon shahar IIB tomondan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter