Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada hokimlik mutasaddilari tomonidan pochta binosi buzib tashlangan

Farg‘onada hokimlik mutasaddilari tomonidan pochta binosi buzib tashlangan

Foto: «Xabar.uz»

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Axmatov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman pochta aloqasi bog‘lamasi binosidagi sharoit ayanchli ahvolda ekanligi keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat yuzagaga kelishiga nima sabab bo‘lgani haqida Sherzod Axmatov quyidagilarni ma’lum qildi:

— Haqiqatdan ham, Rishton pochta aloqa bog‘lamasi 2019-yilning may oyiga qadar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan 3 qavatli binoda faoliyat yuritib kelgan. Biroq Farg‘ona viloyati va Rishton tuman hokimliklarining mutasaddi xodimlari tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz binoning bir qavatli qismi va uch qavatli binosining yarmini 1 kunda buzib tashlangan.

Shundan so‘ng pochta xodimlari videotasvirda aks etgan binoga vaqtinchalik faoliyat yuritib turishlari uchun ko‘chirilgan. Bino nafaqat ishchi-xodimlar uchun balki aholi uchun ham turli noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Bu bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan Iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilinib, sudning hal qiluv qaroriga asosan «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati foydasiga tuman hokimligi hisobidan 1,3 mlrd. so‘m moddiy zararni undirish bo‘yicha qarori qabul qilingan.

Shundan ko‘rinib turibdiki, mahalliy hokimiyat rahbarlarning sovuqqonligi bois «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatiga moddiy va ma’naviy zarar yetmoqda. Rishton tumani pochta aloqasi bog‘lamasida ish faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar o‘zlari istamagan holda noqulay sharoitda xizmat faoliyatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Masalaning asl mohiyati keng tahlil qilinmasdan ijtimoiy tarmoqlarda video tarqatilgan.

Rishton tumani hokimligi tomonidan yetkazilgan zararlar undirilishi bilan Rishton tumani pochta aloqasi bog‘lamasi uchun yangi bino sotib olish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring