Farg‘onada qalbaki dori chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi

Farg‘ona viloyatida boshqa korxonaning nomidan qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “X.” xususiy korxonasinining Farg‘ona shahri va Toshloq tumanida joylashgan 3 ta dorixonasidan Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi "R.M." MChJning yorliqlari bilan qadoqlangan “Natriy xlorid”, “Metronidazol” va “Levofloksatsin” nomli qalbakiligi shubha ostiga olingan jami 2 081 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, “Z.A.” MChJ rahbari X.N. dori vositalari ishlab chiqarishga tegishli ruxsatnoma olmasdan Toshloq tumani, “Qanjirg‘a” MFY hududidagi sexida “Natriy xlorid” hamda “Levofloksatsin” nomli dori vositlarini yashirin ravishda ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter