Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada yangi shahar quriladi

Farg‘onada yangi shahar quriladi

Farg‘onada 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan Ekoshahar hamda 24 ming ishchi o‘rni yaratiladigan kichik sanoat hududi barpo etiladi.

Xabar qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri va tumani tutashgan joyda, Xalqaro aeroport yaqinidagi «Ilg‘or» MFY hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Ekoshahar hamda kichik sanoat hududi loyihasini muhokamasini o‘tkazdi.

Eski aerodom hududidan 150 metrlik muhofaza zonasi qoldirgan holda 24 ming ishchi o‘rni yaratiladigan kichik sanoat hududi joylashtiriladigan, so‘ngra 10 gektar maydondan iborat yashil hudud bilan qoplanib, 40 ming aholiga mo‘ljallangan 7-25 qavatli 313 ta ko‘p qavatli turar-joylar va ijtimoiy ob’yektlar bilan davom etadigan Ekoshahar loyihasi jami 300 gektar maydonda amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring