Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onadagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Fviib.uz»

Farg‘onada tug‘riq bo‘limida erkak kishi xamshirani sochidan tortib sudraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ma’lum qildi.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.

Avvalroq Farg‘onada shifokor ayolning sochidan sudragan erkak IIB sobiq xodimi bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring