Saida Mirziyoyevaga yangi vakolatlar berilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, prezident administratsiyasi rahbariga qator yangi vakolatlar berildi.
Prezident administratsiyasi rahbari vakolatlari:
-Prezident maslahatchilari o‘rinbosarlari va Administratsiya tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Komplayens xizmati boshlig‘i, Kanselyariya mudiri hamda Administratsiya boshqaruv xodimlari, shu jumladan, mazkur lavozimlarga ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish.
Bunda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilguniga qadar ham mazkur xodimlarga tegishli qonun va qonunosti hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlar uchun nazarda tutilgan barcha huquqlar, imtiyozlar, kafolatlar, vakolatlar va boshqa qoidalar, shu jumladan, davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishning alohida tartibi tatbiq etiladi;
- Administratsiya xodimlarining shtatlar jadvalini tasdiqlash;
-loyihaviy boshqaruv tamoyili asosida rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, olimlar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilish (ishga olish), ularning natijalari sifati monitoringini ta’minlash, shu jumladan, Administratsiya faoliyatiga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar va ekspertlarga xizmatlari uchun haqni (ish haqini) milliy yoki chet el valyutasida to‘lash, mehnatga haq to‘lash miqdorini mustaqil belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu farmonga ko‘ra AOKA tugatildi. Shuningdek, avvalroq administratsiya rahbariga beshta o‘rinbosar tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter