Farzand bilan birga dars qilish kerakmi?
Ko‘pchilik ota-onalar maktabga borayotgan bolalari bilan birga uy vazifalarini bajarishadi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 78% bo‘lsa, Buyuk Britaniyada 11% ni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa bu ko‘rsatkich 80-90% ni tashkil etsa, ajab emas. Sababi, bizning bolajon xalqimiz o‘z farzandlarining yaxshi ta’lim olishlari, fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishadi. Xo‘sh, aslida-chi? Ota-onalar bolalariga dars qilishlari uchun ko‘maklashishlari kerakmi?
Bolaga uy vazifasi uni mustaqil bajarishlari uchun beriladi. Yosh bola esa buni eplay olmasligi mumkin. Shu bois, boshlang‘ich sinfning vazifasi bolani o‘qishga o‘rgatishdir.
Psixologlarning aytishicha, ota-onaning mazkur jarayondagi vazifasi bolaga berilgan vazifani bajarib berish yoki uning qo‘lidan ushlab, harflarni chiroyli yozishga o‘rgatish emas, balki unga dars qilish jarayonini tashkillashtirib, reja tuzish va nazorat qilishdadir.
Farzandining uy vazifalarini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, mustaqil bajarayotganini ko‘rgan ota-onalar asta-sekin orqa planga o‘tishi joiz.
Ko‘pincha ota-onalar boshlang‘ich sinfda bolalari bilan birga uy ishlarini qilishadi-da, 5-sinfga o‘tgach, «endi katta bola bo‘lding, vazifalarni mustaqil bajarishing kerak», deyishadi. Alal-oqibat bu bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham farzandining darslariga yordam berishni istagan ota-onalar bu borada juda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlari, bolaga ko‘mak berib, so‘ng darrov undan darslarini mustaqil bajarishini talab etmasliklari zarurdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter