Fazoda bo‘lib qaytgan milliarder yana uchta missiyaga chipta sotib oldi
Amerikalik milliarder Jared Ayzekman «SpaceX» kemasida fazoga uchib, ilk fuqarolik ekipaji rahbari bo‘lgandi. Ayzekman yana uchta missiyada qatnashishi haqida «The Verge» xabar berdi.
«Polaris» nomi ostidagi ushbu missiyalarda yanada uzoq masofali fazoviy parvozlar ko‘zda tutilgan.
Ayzekman sotib olgan chiptalarning ikkitasi «SpaceX Crew Dragon» kemasi uchun. Bu parvozlarda milliarder Yerning yuqori orbitalariga safar qiladi. U bilan birga «SpaceX»ning ikki xodimi va AQSh harbiy-havo kuchlarining bir nafar sobiq uchuvchisi parvoz qiladi.
Parvoz muvaffaqiyatli o‘tsa, «SpaceX Crew Dragon» odamlarni orbitaning eng yuqori nuqtasiga olib chiqish bo‘yicha yangi natija qayd etadi. «Crew Dragon» shu paytgacha Yerning quyi orbitalarigacha borib kelgan.
Missiyaning so‘nggi bosqichi — «SpaceX»ning inson boshqaradigan birinchi kemasi «Starship»ga start berilishi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter