Fazoda dunyodagi eng qimmat mehmonxona ochiladi

«Aurora Station» nomli fazo mehmonxonasi 2022-yilda o‘z mijozlariga eshiklarini ochadi. Butun Yer sharini tomosha qilish imkonini beradigan otelni Kaliforniyaning «Orion Span» firmasi barpo etadi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Fazo mehmonxonasi 6 kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi — to‘rt nafar mehmon va ikki nafar ekipaj a’zosi. Orbitada 12 kunlik sayohat 9,5 million dollarga tushadi. Bu pulga mehmonlar o‘zida vaznsizlik g‘olatini his etishlari, Yerni barcha rakurslardan tomosha qilishlari va tong otishi va quyosh botishi manzaralarini fazodan tomosha qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter